“Manchester Yunayted” Reshforddan oson qutilish yo‘lini topdi

  • 5 yanvar, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” va “Napoli” o‘zaro rokirovka orqali o‘zlariga kerak bo‘lmay qolgan hujumchilardan qutilish imkoniga ega bo‘ldi.

Manchesterliklar anchadan beri Viktor Osimxenni o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi. “Napoli” Ruben Amorimga kerak bo‘lmay qolgan Markus Reshfordga qiziqa boshlagani klublarda o‘zaro o‘yinchi almashish istagini paydo bo‘ldi.

TALKSPORT  nashrining ma’lum qilishicha, neapolliklar Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor va bu transferga ayni paytda “Galatasaroy”da ijara o‘ynab yurgan nigeriyalik forvardni qo‘shishni taklif qilyapti.

Viktor Osimxen o‘tgan yozda uni “Chelsi”ga qo‘yib yubormagani uchun “Napoli” bilan ziddiyatga borgan va yozda baribir Italiya klubini tark etmoqchi.

Bu tarafda manchesterliklar bosh murabbiyi Ruben Amorim Markusning o‘z ishiga munosabatidan norozi va keyingi paytda deyarli o‘ynatmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!