"Manchester Yunayted" kelasi yozda kimlarni sotib olmoqchi?

  • 18 sentabr, 2019, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi o‘zining kelasi yil yozgi transferlardagi asosiy transfer nishonlarini aniqlab oldi.

Tecno

ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoada ko‘proq britaniyalik futbolchilar o‘ynashini xohlamoqda. Shu bois MYu mavsumlar oralig‘ida "Borussiya" Dortmund vingeri Jeydon Sancho va "Lester" yarim himoyachisi Jeyms Meddisonlarni sotib olmoqchi. Ta’kidlash kerakki, ushbu ikki futbolchining transferi mankuanliklarga taxminan 200 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Shuningdek "Nyukasl" xavbeki Shon Longstaff, "Bornmut" hujumchisi Kallum Uilson va "Stok Siti" himoyachisi Natan Kollinzlar ham “Manchester Yunayted”ning qiziqishlar doirasiga kirishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!