
"Manchester Yunayted" jahon chempionatiga qadar jiddiy yo‘qotishga uchradi
“Manchester Yunayted”ning frantsiyalik himoyachisi Rafael Varan Qatardagi jahon chempionati oldidan “qizil iblislar”ning qolgan barcha o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
"BBC" nashri xabariga ko‘ra, jahon chempioni oltita o‘yinni, jumladan, Angliya Premer-ligasining uchta uchrashuvini, Evropa ligasining ikkita bahsni va “Fulxem”ga qarshi Liga kubogi doirasidagi bellashuvni o‘tkazib yuboradi. Yaqinda "Chelsi" bilan bo‘lgan o‘yinda son qismidagi mushaklarning zo‘riqishi tufayli o‘yinni erta tark etgan edi.
Joriy mavsum Rafael "Manchester Yunayted" barcha musobaqalar doirasidagi 11 o‘yinida maydonga tushgan.
Fikrlar