“Manchester Yunayted” g‘aroyib rekord o‘rnatdi

  • 28 noyabr, 2023, 21:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning Angliya Premer-ligasi 13-turida “Everton” ustidan 3:0 hisobida qozongan g‘alabasi tarixiy ahamiyat kasb etdi.

Tecno

Squawka portali mutaxassislarining ta’kidlashicha, manchesterliklar Angliya Premer-ligasida “quruq” o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. “Manchester Yunayted” chempionatda 500 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan birinchi jamoa bo‘ldi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda “Chelsi” qayd etilgan. “Aristokratlar” 476 ta bellashuvda gol o‘tkazmagan.

Kuchli uchlikda qayd etilgan “Liverpul” darvozabonlari jami 460 ta bellashuvda raqibga gol urish imkonini bermagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!