“Manchester Yunayted”: “Choyxona otmen!”

  • 13 may, 2024, 16:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyat bosh murabbiy Erik ten Xag boshchiligidagi jamoa mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi, deb topdi.

Tecno

Oqibatda 20 may kuniga belgilangan an’anaviy banket bekor qilindi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Manchesterliklar uchun joriy mavsum 25 may kuni tugaydi. Shu kuni Erik ten Xag shogirdlari Angliya kubogi finalida “Manchester Siti”ga qarshi “Uembli” stadionida saf tortadi.

“Yunayted” futbolchilari ichki chempionatda yana ikkita o‘yin o‘tkazishi kerak. 15 may kuni jamoa “Nyukasl”ni qabul qiladi va oradan to‘rt kun o‘tkazib, “Brayton” mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!