
"Manchester Yunayted" "Bolonya" hujumchisi uchun 35-40 million evro sarflamoqchi
"Manchester Yunayted" klubi "Bolonya" futbolchisi Joshua Zirkzeeni sotib olmoqchi. Hujumchi uchun "qizil iblislar" 35-40 million evro sarflamoqchi ekani aytilmoqda.
"Sport1" nashrining xabariga ko‘ra, 22 yoshli niderlandiyalik to‘purar manchesterliklarning qishdagi asosiy transfer maqsadiga aylanadi. Agar MYu uni qo‘lga kiritsa, "Bavariya" transferning 50 foizi miqdorida foyda ko‘radi. Sababi, 2022 yilning avgustida "Bolonya"ga Myunxen klubidan ko‘chib o‘tgan Zirkzeening shartnomasida shunday band mavjud bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Joshua A Seriya joriy mavsumida 17 o‘yinda ishtirok etdi va 7 gol hamda 2 assist muallifi bo‘ldi. Ayni vaqtda u bolonyaliklarning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
Fikrlar