"Manchester Yunayted" 125 million evroga futbolchi oladi

  • 6 iyun, 2022, 15:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" transfer bozorida markaziy himoyachi sotib olmoqchi.

Tecno

Xabarlarga ko‘ra, mankuniyaliklar bosh murabbiyi Erik ten Hag shogirdi, ayni paytda "Yuventus" sharafini himoya qilayotgan Matteys de Lixtni yangi jamoasida ko‘rmoqchi. Ular bir necha mavsum ilgari "Ayaks"da birga ishlagan.

Turinliklar o‘z futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas, rahbariyat Matteys bilan bitimni 2024 yilga qadar uzaytirish ustida ish olib boryapti. Ammo agar "qizil iblislar" uning shartnomasidagi 125 million evrolik tovon pulini to‘lasa, "keksa senora" o‘yindan chiqadi.

22 yoshli himoyachi joriy mavsum "Yuve" libosida 42 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol va 1 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!