
"Manchester Siti"ning yangi futbolchisi qancha maosh oladi?
"Ayntraxt" hujumchisi Omar Marmush "Manchester Siti"ga o‘tish uchun yaqin turibdi.
"Plettigoal" xabariga ko‘ra, futbolchining "shaharliklar" bilan tuzilgan shartnomasi bo‘yicha uning maoshi bir mavsumda 16-17 million evroni tashkil etadi.
"Manchester Siti" Marmushning transferi uchun 75 million evro to‘laydi. Shuningdek, shartnomada qo‘shimcha ravishda 5 million evro bonus sifatida beriladi.
Ma’lumot uchun, misrlik hujumchi joriy mavsumning hozirgacha bo‘lgan qismida Bundesliga to‘purarlar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasini egallagan.
Fikrlar