
"Manchester Siti" "Enfild"da "Liverpul"ni yanchib tashladi (video)
Angliya premer-ligasining 23-tur markaziy bahsi “Enfild”da kechdi. Unda “Liverpul” peshqadam “Manchester Siti”ni qabul qildi.
Gollarga boy kechgan o‘yin 1:4 hisobida “shaharliklar”ning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Siti”ga g‘alaba keltirgan gollarga Ilkay Gyundogan (49', 73'), Raxim Sterling (76') va Fil Foden (83') mualliflik qildi. “Liverpul”ning yagona javob golini esa Muhammad Saloh (63') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar