
"Manchester Siti" "Chelsi" va "Liverpul"ni quvib o‘tdi
APL 15-turi doirasida "Manchester Siti" - "Uotford" mehmoni bo‘ldi va 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Shaharliklar" safida Bernardu Silva dubl qayd etdi. Shuningdek, Sterling ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Gvardiola shogidrlari ochkolari sonini 35 taga etkazib olgan holda, APL peshqadami bo‘lib oldi. 13 ochkoga ega "Uotford" esa 17-pog‘onani band etgan.
Fikrlar