Luchano Spalletti: "Bu g‘alaba jamoaga ishonch olib keldi"
"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya A Seriyasining 15-turi doirasida "Bolonya" ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.
— Bu "Yuventus"ga kelganimdan beri eng muhim g‘alabami? Albatta. Chunki bizga juda kuchli jamoa qarshi turdi. Ular sifatli, ishtiyoqli, yaxshi tashkil etilgan va hatto bir kishi kam holda ham bizga muammo tug‘dirishdi. Ularda kuchli xarakter bor.
Bugun futbolchilarimni albatta maqtashim kerak. Mashg‘ulotlarda ijobiy jihatlarni ko‘rayotgandim. Futbolchilar serg‘ayrat va faol ko‘rinayotgan edi, endi esa ularga ruhiy muvozanat beradigan o‘yin namoyish etish zarur edi. Bugun "Yuventus" haqiqatan ham o‘yin ichida bo‘ldi.
Kabal intuitsiyaga ega futbolchi. U vaqti-vaqti bilan his-tuyg‘ularini nazorat qilishni o‘rganishi kerak, chunki u juda emotsional. Unda tezlik ham, kuch ham bor. Iste’dod faqat to‘pni poshna bilan uzatish emas, balki 100 metrni to‘liq tezlikda bosib o‘tish ham iste’doddir. U havodagi kurashlarda jismonan kuchli, yakkama-yakka vaziyatlarda ham yutqazmaydi, ammo hozircha ayrim paytlarda bee’tiborlikka yo‘l qo‘yayotgan edi. Men uni biroz "jig‘iga tegdim", — dedi Spalletti.



Fikrlar