
"Lokomotiv" ustozi: "Nima uchun golimiz hisoblanmaganini tushuna olmadim"
Superligada 20-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Lokomotiv" jamoa bu turda safarda OKMK bilan kuch sinashdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
- Juda yaxshi o‘yin ko‘rdik. Yuqori temp va kurashlarga boy jang bo‘ldi. Ikki tomon ham toza futbol namoyish etdi. Bugun ikki jamoa ham gol urdi, ammo OKMKni g‘alaba bilan tabriklayman.
- Hakamlikka e’tiroz bormi?
- Ularning ishini muhokama qilmayman. Ularga e’tirozim yo‘q, ammo nima uchun golimiz hisoblanmaganini tushuna olmadim.
Fikrlar