"Lokomotiv" klubi tez orada yangi transferni e’lon qiladi. Futbolchi jamoa moskvaliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi

  • 29 iyul, 2020, 17:43
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Bordo" klubi hujumchisi Fransua Kamano faoliyatini Moskvaning "Lokomotiv" klubida davom ettirishi kutilmoqda. Bu haqda Sport24 jurnalisti Maksim Allanazarov xabar berdi.

Tecno

Futbolchining transferi klubga 7 mln evroga tushishi mumkin. Yaqin orada Kaman "Lokomotiv" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.

Shu yilning fevral oyida futbolchi «Krasnodar»ga o‘tishdan bosh tortgan, damoa hujumchisi 8 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi edi.

Fransua Kamano bu mavsum Frantsiya chempionatida 11 o‘yinda bir marta gol urgan xolos.

Ushbu jamoa shuningdek, hamyurtimiz Jasur Jaloliddinovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligini ma’lum qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Fakhriddin Khaydarov
29/07/2020 17:45
Койил-э, Локомотивни укиб узимизни клубми десам, Москванинг Локомотиви экан...Илтимос сизлардан, сарлавхани тугри ёзишни урганинглар...
Nurillo Yusupov
29/07/2020 17:52
Boshqa loko yoqmi nimasini notogri yozgan. Rasmga qarash kerak edi