"Lokomotiv" ertaga qizil, "Metallurg" esa ko‘k rangli libosda o‘ynaydi

  • 8 mart, 2018, 20:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston Superligasining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi chempion - Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi o‘z maydonida Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi.

Tecno

Bugun mazkur o‘yin oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda "Lokomotiv" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda o‘yin tashkiliy masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ertaga jamoalar qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlariga ham oydinlik kiritildi.

Unga ko‘ra, "Lokomotiv" ertangi bahsni to‘liq qizil rangdagi libosda o‘tkazadi. Mehmon jamoa vakillari esa to‘liq ko‘k rangli formada maydonga chiqadigan bo‘lishdi.

Ta’kidlab o‘tamiz, "Lokomotiv" – "Metallurg" uchrashuvi 9 mart kuni soat 20: 00da "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!