
"Liverpul"ga qarshi bahs ten Xag uchun so‘nggisi bo‘lishi mumkin!
"Manchester Yunayted"ning evrokuboklarni tark etishi ortidan Erik ten Xag ham kuchli bosim ostida qoldi. "Manchester Evening News" nashrining xabar berishicha, agar MYu "Liverpul"ga qarshi o‘yinda ham sharmanda bo‘ladigan bo‘lsa, Ten Xagning iste’fosi yanada tezlashadi.
Tez orada "Manchester Yunayted" yangi sohibiga aylanadigan Jim Retkliff Grem Potterni murabbiylik postida ko‘rmoqchi ekani avvalroq xabar qilingandi.
"Manchester Yunayted" ayni damda Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar