
"Liverpul" Nunes o‘rniga ikki to‘purarni ko‘zlab qo‘ydi
"Liverpul" Darvin Nunesga o‘rinbosar sifatida Aleksandr Isak va Markus Tyuramni ko‘rmoqda.
Arne Slot o‘zining urugvaylik shogirdi Nunesning o‘yinidan qoniqish hosil qilmayapti. Shuning uchun ko‘plab muhim uchrashuvlarda unga asosiy tarkibdan ham joy ajratmayapti. Shu bois, 25 yoshli hujumchi qishki transferlar oynasida jamoani tark etish haqida o‘ylamoqda.
"TEAMtalk" nashrining xabariga ko‘ra, mersesaydliklar agarda Darvin jamoadan ketadigan bo‘lsa, uning o‘rniga "Nyukasl Yunayted" va "Inter" hujumchisi Isak va Tyuram variantlarini ko‘rib chiqmoqchi. Manbaga ko‘ra, ikki hujumchi ham bu transferga qarshilik ko‘rsatmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, shvetsiyalik hujumchi joriy mavsum 21 ta uchrashuvda ishtirok etib, 14 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan bo‘lsa, frantsiyalik o‘yinchi esa "nerrazzurilar" safida 23 ta to‘qnashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobida yozdirib qo‘ygan. Ikki forvardning ham Transfermarkt portalidagi narxi 75 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar