
“Liverpul”: Ketsang, ketaver!
“Liverpul” rahbariyati klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Trent Aleksander-Arnold bilan hamkorlikni uzaytirishga harakat qilmoqla.
Angliyalik himoyachining klub bilan amaldagi kelishuvi joriy mavsum oxirida yakunlanib, u erkin agentga aylanadi.
26 yoshli futbolchini bepul qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan jamoalar safi kengaymoqda. Xususan, “Real” anchadan beri Trentni o‘z safida ko‘rishni istayapti.
Caught Offside saytining ma’lum qilishicha, liverpulliklar Trent hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha taklifni taklif qilmagan taqdirda uning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchilarni topib qo‘ydi.
Manbaga ko‘ra, “qizillar”ning ro‘yxatiga Jeremi Frimpong (“Bayer”), Maykl Kayode (“Fiorentina”) va Vanderson (“Monako”) kiritilgan.
Transfermarkt portali ekseprtlari Frimpongni 50, Kayodeni 25 va Vandersonni 20 million evroga baholamoqda.
Fikrlar