
"Liverpul" futbolchisining uyiga o‘g‘ri tushdi. Bu to‘rtinchisi
"Liverpul" klubi yarim himoyachisi Fabino o‘g‘rilik qurboniga aylandi. Bu haqda Liverpool Echo nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, jinoyatchilar braziliyalik futbolchi jamoadoshlari bilan APL chempionligini nishonlayotgan paytda uyga o‘g‘rilikka tushgan. Ular uydan turli taqinchoqlar va Audi RS6 avtomobilini olib qochgan.
Ta’kidlash kerakki, Fabino uyini o‘g‘ri urgan "Liverpul"ning 4-futbolchisi bo‘ldi. Bungacha Sadio Mane, Deyan Lovren va Roberto Firminoning ham uyiga o‘g‘ri tushgan edi.
Fikrlar