"Lion" o‘z safiga "Milan" hujumchisini qo‘shib olmoqchi

  • 14 avgust, 2019, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi vingeri Suso "Lion"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Frantsiya grandi 25 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olishni rejalashtirmoqda. “Rossonerilar” esa Susoni 30-35 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Bundan avvalroq unga “Fiorentina” qiziqish bildirayotgan edi. Biroq, “Milan”ning talabi “binafsharanglilar”ga to‘g‘ri kelmagan.

Ma’lumot uchun, Suso o‘tgan mavsum “Milan” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!