"Lion" himoyachisi uchun "Real" va "Napoli" kurash boshladi

  • 30 aprel, 2019, 21:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" klubi himoyachisi Ferlan Mendi "Real" Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 23 yoshli frantsiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Mendiga shuningdek “Napoli” ham kurash olib bormoqda. Uning transfer narxi esa 40 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Ferlan Mendi joriy mavsum “Lion” safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!