
"Lion" bosh murabbiyligi uchun yana bir nomzod paydo bo‘ldi
“Gengam” va “Bordo” klublari sobiq bosh murabbiyi Joslen Gurvennek faoliyatini “Lion”da davom ettirishi mumkin.
Le Parisien nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Gurvennek nomzodini shaxsan klub prezidenti Jan-Mishel Olas ilgari surmoqda. Biroq, jamoaning sport direktori Junino Pernambukano 47 yoshli mutaxassisning nomzodiga unchalik ham qo‘shilmayapti.
Shu bois “Lion” bosh murabbiyligiga Loran Blan nomzodi favorit bo‘lib turibdi. Ularning short-listida shuningdek Rudi Garsiya («Marsel» va «Roma» sobiq bosh murabbiyi) nomlari ham bor.
Fikrlar