Lineker: APL naqadar kuchli bo‘lmasin, eng kuchlilar baribir "Barsa" va "Real"ga ketadi

  • 30 dekabr, 2024, 21:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Garri Lineker Trent Aleksandr-Arnoldning Premer-ligani tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Bu mantiqiy. Trent Jud Bellingemga juda yaqin va "Real"ga mos futbolchi. 

Uni katta muvaffaqiyat kutmoqda. Ispaniyada Trentning himoyadagi harakatlarini bizdagi (Angliya) kabi tanqid qilishmaydi. U "Liverpul" uchun katta yo‘qotish, ammo jamoada Konor Bredli juda yaxshi iste’dod sanaladi. 

APL naqadar kuchli va boy bo‘lmasin, eng kuchli futbolchilar baribir "Barselona" va "Real"ga ketadi. Yagona istisno hozircha - Xoland. 

U erda Trentning uzatmalarini juda qadrlashadi. U ayni vaqtda o‘z karerasining eng cho‘qqisida. Men uni ayblamagan bo‘lardim"
, - dedi Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!