Ligalar natijalarni bekor qilsa, Evrokuboklarda bir qator muammolar paydo bo‘ladi

  • 28 mart, 2020, 18:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni barcha natijalarini nol bilan yakunlashga qaror qilgan ligalar uchun Evrokuboklar uchun joy taqsimlashda muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Tecno

Forbes jurnalisti Kris Uilyams UEFAdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, agar ligalarda natijalar bekor qilinsa, ayniqsa qolgan ligalar mavsumni yakunlab qo‘yishsa, ChL va Evropa ligasiga yo‘llanma berishda bir qator muammolar paydo bo‘ladi.

Bunga sabab shundaki, UEFA klublarning koefitsentlarini hisoblashda muammoga duch keladi va buning oqibatida mavsumni bekor qilgan liga klublari Evrokuboklarda ishtirok etolmasliklari mumkin.

Bundan tashqari, natijalar bekor qilingan ligalarning qaysi jamolari Chempionlar ligasi va Evropa ligasida qatnashishi ham so‘roq ostida qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!