
Levandovski sobiq jamoasini hafa qilib, katta dovonni zabt etdi
Evropa Chempionlar ligasining navbatdagi turida “Barselona” o‘z maydonida “Bavariya”ni yirik hisobda taslim qildi.
Uchrashuvda burilish yasagan golni Robert Levandovski kiritdi.
Bu polshalik forvardning professional faoliyatidagi 700-gol bo‘ldi. XXI asrda faqatgina Krishtianu Ronaldu va Lionel Messigina Robert Levandovskidan ko‘p gol urgan.
Ayni paytda portugaliyalik yulduz hisobida 907 ta, argentinalik hujumchida 849 ta gol bor.
Eng qizig‘i, 36 yoshli Levandovski faoliyatidagi eng ko‘p to‘pni “Bavariya” tarkibida kiritgan. Myunxenliklar sharafini himoya qilgan davrda u raqiblar darvozasini 344 marotaba ishg‘ol qilgan. Shuningdek, “Borussiya Dortmund”da 103 ta, Polsha terma jamoasida 84 ta, “Barselona”da 74 ta, “Lex”da 41 va qolgan klublarda jami 54 ta gol urgan.
Bundan tashqari, Robert Evropa Chempionlar ligasidagi umumiy gollari sonin 97 taga etkazib oldi va tez orada yuzlik dovonni ham zabt etishi kutilmoqda.
Fikrlar