
Levandovski: "Real" Yamalga o‘xshagan futbolchini topmoqchi. Lekin buni iloji yo‘q"
"Barselona" forvardi Robert Levandovskining fikricha, Madridning "Real" klubi "blaugrana" hujumchisi Lamin Yamaldek futbolchini topishga urinmasligi kerak.
"Albatta, ular ("Real") Lamin Yamalga o‘xshagan iste’dodli futbolchi topishmoqchi, ammo ular bu bilan o‘zlarini bosim ostida qoldirishmoqda. Biroq, menimcha, buning iloji yo‘q. Ular o‘z yo‘nalishlarida ketishgani ma’qul.
Albatta, muxlislar "o‘zimizni Yamalni topinglar" deb bosim o‘tkazishadi. Lekin buning iloji yo‘q, chunki u har bir shaharda va har yili tug‘ilmaydi. Bunday holat har 10 yilda bir marta sodir bo‘ladi. Bu Messi va Ronalduga o‘xshaydi, ularga o‘xshaganini topa olmaysiz, chunki ular o‘ziga xos", - dedi Levandovski ESPN'ga bergan intervyusida.
O‘tgan mavsumda Yamal barcha musobaqalarda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 18 yoshli futbolchi "Oltin to‘p-2025" sovrini uchun da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Fikrlar