
Levandovski o‘ziga yangi jamoa tanladi
“Bavariya” to‘purari Robert Levandovski mavsum yakunlanganidan keyin jamoasini o‘zgartirishni rejalashtiryapti. Polshalik hujumchi klub rahbariyatini Angliya premer-ligasiga o‘tish istagi borligidan ogohlantirib qo‘ydi.
Levandovskiga “Manchester Yunayted” va “Chelsi”dan taklif bor. Robertning o‘zi Londonda yashashni xohlayapti va aynan mana shu omil hujumchi uchun raqobatda “aristokratlar”ga ustunlik berishi aytilmoqda.
Bundan tashqari, “Chelsi” to‘purar hujumchini qo‘lga kiritish uchun “Bavariya”ga myuenxenliklarning bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann yoqtiradigan Timo Vernerni berishi mumkin.
Shunga qaramay, hali klublar bu rokirovka bo‘yicha muzokaraga kirishgani yo‘q. Ular o‘zaro muloqotni mavsum yakuniga yaqin boshlashi kutilyapti.
Fikrlar