Levandovski ashaddiy raqib safiga o‘tib ketishi kutilyapti

  • 20 mart, 2024, 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski yozgi transferlar vaqtida Madridning “Atletiko” klubiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda taniqli jurnali  Ruben Uriya xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Kataloniya klubi xo‘jayinlari eng katta maosh olayotgan 35 yoshli futbolchi bilan xayrlashishni ma’qul ko‘rgan. O‘z navbatida, tajribali hujumchi qidirayotgan “Atletiko” polshalik forvardga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ruben Uriyaning fikricha, madridliklar Levandovski atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda va tez orada kataloniyaliklarga transfer bo‘yicha taklif bilan chiqishi mumkin.

“Barselona” Levandovskini 2022 yili “Bavariya”dan 45 million evroga transfer qilgan edi. Uning amaldagi shartnomsi 2026 yilning yozigacha tuzilgan.

Yaqinda Levandovski kelajagi haqidagi savolga javob berib, maqsadi kelasi mavsumni ham “Barselona”dan o‘tkazish ekanini ta’kidlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!