"Lester"ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

  • 22 may, 2021, 15:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lester" o‘zining joriy 2020/21 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.

Tecno

Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan maxsus so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra Yuri Tilemans eng ko‘p ovoz to‘plagan. 24 yoshli belgiyalik futbolchi jamoadoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada ham birinchi o‘rinni oldi.

Tilemans bu mavsum “Lester” safida jami 50 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

“Lester” 37 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 66 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. “Tulkilar” mavsumning so‘nggi bahsini ertaga o‘z maydonida “Tottenxem”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!