
"Lester" "Liverpul"ga qarshi o‘yinda kambek qildi va 3 ochkoga ega bo‘ldi (video)
Angliya premer-ligasining 24-turida “Lester” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qildi.
“King Pauer” stadionida kechgan bellashuv gollarga boy bo‘ldi. Yakunda esa 3:1 hisobida “tulkilar”ning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Lester”ga g‘alaba keltirgan gollarga Jeyms Meddison (80'), Jeymi Vardi (81') va Xarvi Barns (85') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Liverpul”ning yagona golini Muhammad Saloh (67') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar