Legionerlarimiz Premer-ligani “yorvordi”!

  • 14 mart, 2023, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Qozog‘iston  Premer-ligasida uch nafar futbolchimiz – Igor Sergeev, Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov to‘p tepmoqda.

Tecno

Hujum chizig‘i vakillari bo‘lgan bu o‘yinchilarimizning bari O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod hisoblanadi.

Premer-liga o‘yinlari boshlanishidan oldin, ko‘plab muxlisu mutaxassislar chempionat to‘purarligi uchun o‘zbek futbolining ikki tarbiyalanuvchisi – Bobur Abduxoliqov va Igor Sergeev o‘zaro raqobat olib borishi taxmin qilingan edi.

Chunki, “Nasaf” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Bobur Abduxoliqov o‘tgan mavsumda Belarus chempionatida porladi. 25 yoshli hujumchimiz chempionatning eng yaxshi futbolchisi, eng foydali o‘yinchisi va to‘purarlar poygasi g‘olibi bo‘ldi. “Energetik-BGU”ni kumush medal sohibi qilgan Bobur 26 ta gol bilan  Belarus chempionatlari tarixida bir mavsumda eng ko‘p to‘p kiritgan legionerga sifatida rekord o‘rnatdi.

63fb659774aa4

Igor Sergeev esa, Qozog‘iston chempionatiga ko‘chib o‘tganidan beri, avval “Aktobe”da, keyin “Tobol”da to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilib kelmoqda.   

Chempionat starti o‘zbek futbolchilarining benifisiga aylanib ketdi. Ayniqsa, Premer-liganing uchinchi turi o‘zbek legionerlariga bag‘ishlandi.

“Ordabasi” sharafini himoya qilayotgan Bobur Abduxoliqov “Jetisu” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning 18-daqiqada haqiqiy hujumchilarga xos tarzda harakat qilib, himoyachilarni ortda qoldirgan holda, darvozani ishg‘ol qildi.

Bu Abduxoliqovning chempionatdagi ikkinchi goli bo‘ldi. Shuningdek, uning hisobida bitta assist ham bor.

Shimkent jamoasidagi ikkinchi vakilimiz – Shahboz Umarov ketma-ket ikkinchi o‘yinda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Hujumkor futbolchimiz “Jetisu” jarima maydonchasidagi pala-partishlikni aniq zarba bilan jazoladi – 2:0.

Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va legionerlarimiz jamoasi chempionatdagi ochkolari sonini to‘qqiztaga etkazib oldi.

“Tobol” sharafini himoya qilayotgan Igor Sergeev dastlabki ikki uchrashuvni quruq yakunlaganining hissasini “Shaxtyor”ga qarshi o‘yinda chiqardi. Bellashuvning 20-daqiqada o‘zbekistonlik hujumchi to‘pni maydon markazida egallab olib, katta tezlikda raqib darvozasiga tashlandi va uniq zarba bilan hisobni ochdi.

Bahsning 57-daqiqasida Igor Sergeev jarima maydonchasida chaqqonlik qilib, himoyachilar va darvozabonni dog‘da qoldirib, ikkinchi to‘pini kiritdi.

YsdlES2NUf8

Bellashuv oxirida qarag‘andaliklar bitta javob to‘pini kiritdi. Biroq, mezbonlarning katta ustunligida o‘tgan bellashuvda tajribali hujumchimizning dubli jamoasining g‘alabasi uchun etarli bo‘ldi va kustanayliklarning to‘plagan ochkolari soni to‘qqiztaga etdi.

Legionerlarimiz to‘p tepayotgan har ikkala jamoa uchinchi turdan keyin yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda.

“Ordabasi” futbolchilari keyingi turni 1 aprel kuni safarda “Astana” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. “Tobol” vakillari esa shu kuni “Jetisu” mehmoni bo‘ladi.   

Shomurodov bor va O‘zbekiston yangi chempionatda yuqori o‘rin uchun kurashadi!

Shomurodovga Dibala qachon joyini bo‘shatib beradi?

Abduxoliqov Premer-ligada ham porlay boshladi!

Shomurodov nega “Lill”, “Everton”, “Valyadolid” va “Bayer” taklifini qabul qilmadi?

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Socceruzb
14/03/2023 21:09
Шимкентмас, Чимкент