
Legionerlarimiz. Bugun Sherzod Temirov jamoasi Eron chempionatida yangi mavsumdagi ilk o‘yinini o‘tkazadi
Bugun Eron chempionatida 1-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Unda hamyurtimiz Sherzod Temirov to‘p tepadigan "Persepolis" jamoasi o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
Tehron klubi safarda "Zob-Ahan" klubiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Persepolis" o‘tgan mavsum turnir jadvalida 63 ochko bilan 2-o‘rinni egallagan.
Fikrlar