
Legionerimiz sardorlik qilayotgan jamoa jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutmoqda
Vagiz Galiulin sardorlik qilayotgan “Nefteximik” jamoasida mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida e’tiborga molik o‘zgarishlar yuz bermoqda.
Birinchi navbatda, yuqori o‘rinlar uchun kurashish vazifasini uddalay olmagan bosh murabbiy Yuriy Utkulbaev iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga Moskvaning “Dinamo”sini boshqargan Kirill Novikov olib kelindi.
Yangi murabbiy tarkibni kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda. Novikov yangi jamoasida “Dinamo” tarbiyalanuvchilarini jalb eta boshladi. Avvaliga so‘nggi ikki yilni “Sochi”da o‘tkazgan himoyachi Nikita Kalugin olib kelindi. Endi “Nefteximik” poytaxtning “dinamochilari” bilan yarim himoyachi Roman Denisovning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Rossiya Milliy futbol ligasida 7-o‘rinda borayotgan “Nefteximik” tarkibida Vagiz Galiulin bilan birga yosh yarim himoyachimiz Bobir Davlatov ham to‘p tepmoqda.
Fikrlar