Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!

  • 11 iyun, 09:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonning eng iqtidorli o‘yinchilaridan Umarali Rahmonaliev faoliyatini ijara asosida Ozarbayjonning “Sabah” klubida davom ettirmoqda.

Tecno

Bu jamoa kuni kecha Ozarbayjon kubogini qo‘lga kiritib, bosh sovrin sohibi sifatida Evropa ligasining saralash turnirida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Legioner sifatida ilk sovriniga ega chiqqan 21 yoshli futbolchimiz ozarbayjonlik jurnalistlarga intevryu berib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Sports.uz portali ushbu suhbatni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.

- Ozarbayjon kubogi finalida “Karabax” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin hissiyotlar qanday?

- O‘yinning o‘zi juda emotsiyalarga boy bo‘ldi. Umuman olganda, bundan-da yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Bellashuv taqdirini asosiy vaqtda hal qilib, g‘oliblik masalasini qo‘shimcha taymlarga qoldirmasak ham bo‘lardi, deb o‘ylayman.

- Ikkinchi bo‘limda kiritilmagan penalti bunga xalaqit qildimi?

- Sabab faqat shu, demagan bo‘lardim. Hozir buning ahamiyati yo‘q. Biz muhim g‘alabaga erishdik va klub tarixida ilk bor sovrinni qo‘lga kiritdik.  

- Siz ancha bosiq ekansiz. Raqibni engishga ishonganmidingiz, chunki ular uchrashuv favoriti edi?

- Ha, ishongandik va shunga tayyorlangandik. O‘z kuchimizga ishonchimiz bor edi. Oxirigacha kurashdik va sovrinni haqli tarzda oldik.

- Bu faoliyatingizdagi birinchi sovrinmi?

- Bungacha O‘zbekiston terma jamoasi bilan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘olib chiqqanman va Rossiya birinchi ligasi g‘olib bo‘lganman. Bu darajada esa, ilk sovrinim, deyishim mumkin.

- Kubokni qo‘lga kiritib, ta’til vaqtini qisqartirganingizni tushunib turgan bo‘lsangiz kerak...

- Ha, albatta. Lekin xafa bo‘ladigan holat emas. Hamma Evropa ligasida o‘ynash uchun ta’tildan ertaroq qaytishdan xursand bo‘lsa kerak.

- Oldindagi Evromavsum haqida nima deysiz?

- Evropa ligasidagi yurishimizni boshlashimiz xursand qiladi. Tayyorgarlik ko‘ramiz va qur’a natijalarini kutamiz. Evropada muvaffaqiyatli o‘ynashni istaymiz.

Evropa ligasining asosiy bosqichga chiqishga harakat qilamiz. Nega urinib ko‘rmasligimiz kerak? Biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Premer-ligadagi omadsiz mavsumdan keyin mamlakat kubogida vaziyatni o‘nglab oldik. Hamma narsaning o‘z hikmati bor: biz Evropa ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdik.

Eslatib o‘tamiz, Umarali Rahmonaliev “Bunyodkor” akademiyasida tarbiyalangan va asosiy jamoada bir yil o‘ynaganidan keyin 2023 yilning yanvarida Rossiyaga yo‘l olgan edi.

Yakunlangan mavsumning birinchi yarmida “Rubin” safida etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan 21 yoshli futbolchini qozonliklar shu yil boshida ijara asosida Ozarbayjonning “Sabah” jamoasiga yubordi.

Rahmonalievning ozarbayjonliklar bilan ijara shartnomasi 2025 yilning 31 dekabriga qadar davom etadi. Namanganlik futbolchi Ozarbayjon chempionatida “Sabah” uchun 15 ta uchrashuvda ikkitadan gol va assist qayd etdi. Ozarbayjon kubogida esa, to‘rt marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta golli pas rasmiylashtirdi.

Asli “Rubin”ga tegishli bo‘lgan Umarali Rahmonalievning Qozon shahri klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadi.

“Manchester Siti” Husanov bo‘yicha munosabat va muhim ma’lumot chiqardi

Shomurodovning supergoliga Italiyadan qanday munosabat bo‘ldi?

Pep, bizni Husanovning o‘yinini ko‘rishdan ayirma!

Fayzullaevni yo‘qotmasligimiz kerak!

Shomurodov Gasperining har qanday sinoviga tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
11/06/2025 22:07
Omadini bersin Umaralining!