Legioner degani o‘zbeklarday bo‘ladi!

  • 11 sentabr, 2022, 23:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionati oliy ligasi qizg‘in pallaga kirdi. Chempionatning uchdan ikki qismi yakunlangan bir paytda chempionlik uchun to‘rtta jamoa – an’anaviy kuchli sanalgan BATE, “Shaxtyor-Soligorsk”, “Dinamo-Minsk” va kutilmaganda “Energetik-BGU” da’vogarlik qilmoqda.

Tecno

Bu to‘rt jamoa mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda va musobaqa jadvalida boshqa klublardan ancha ilgarilab ketgan.

21-turning markaziy uchrashuvida BATE va “Dinamo-Minsk” o‘zaro to‘qnash keldi. Bu bahsda hisob ochilmadi va har ikki jamoa bittadan ballni qo‘lga kiritib, umumiy ochkolari sonini 40 taga etkazib oldi.

Bu vaziyatdan ularni ta’qib qilib kelayotgan “Energetik-BGU” unumli foydalanib qoldi. Lekin Bobur Abduxoliqov va Abdulqodir Husanov juda faol o‘ynagan bu bahsda “Nyoman” mezbonlarga juda qattiq qarshilik ko‘rsatdi.

38890_16eac77c61e919539e819750d3b3106b

Bellashuvning 38-daqiqasida Belarus chempionatining eng zo‘r to‘purari Bobur Abuxoliqov bir urinishda uzoq masofadan aniq zarba bilan super gol urdi.

Biroq, minsklik “talabalar” ikkinchi bo‘lim avvalida biroz bo‘shashdi va raqib jamoa vakili Andrey Yakimov hisobni tenglashtirdi. Chempionatda birinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkonini qo‘ldan berishni istamagan “Energetik-BGU” hujumga zo‘r berdi.

Bobur Abduxoliqovda bir necha qulay imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin hujumchimiz unlardan foydalana olmadi.

Keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Bobur baribir o‘z so‘zini aytdi. Bu gal hamyurtimiz to‘pni egallab olib, raqib jarima maydonchasiga yorib kirgan markaziy himoyachi Abdulqodir Husanovni qulay pozitsiyaga chiqardi. Yosh futbolchimiz bir zarba bilan jamoasiga qimmatli uch ochkoni keltirdi.

“Energetik-BGU” 20 ta uchrashuvdan 41 ochko to‘pladi. Hozircha ular birinchi o‘rinda. Faqatgina amaldagi chempion – “Shaxtyor-Soligorsk”da “talabalar”dan o‘zib ketish imkoni bor. Buning uchun “konchilar” safar bahsida “Golel”ni engishi kerak.

Bobur Abduxoliqov chempionatdagi gollari sonini yigirmataga etkazib oldi. Shuningdek, oltita golli pas muallifi sifatida gol+pas tizimida 26 ochko jamg‘arib, chempionatning eng sermahsul o‘yinchisi bo‘lib turibdi.

Belarus oliy ligasida eng yaxshi markaziy himoyachi nomiga da’vogarlik qilayotgan 18 yashar Abdulqodir Husanov himoyadagi ishlarini puxta bajarish barobarida hujumlarga ham ko‘maklashib turadi. Hozircha, iste’dodli futbolchimiz hisobida ikkita gol va to‘rtta assist bor.

Eng quvonarlisi, o‘z tarixida ilk bor chempionlik va sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan “Energetik-BGU” bu imkoniyatga aynan o‘zbek futbolchilari – Bobur Abduxoliqov va Abdulqodir Husanov yordamida ega bo‘lmoqda.

20220520113206

Bobur to‘p kiritgan uchrashuvlarda “talabalar” umuman mag‘lub bo‘lmagan. Qashqadaryolik futbolchining gollari jamoasiga 12ta g‘alaba va ikkita durang keltirgan.

Abduxoliqovga Turkiya, Germaniya, Qatar, Shotlandiya, Rossiya, Polsha chempionatlaridan takliflar bo‘layotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Shomurodovga bir qarab qo‘y, Mourino!

To‘purar legionerimiz Turkiya, Polsha, Qatar, Saudiya klublari taklifini rad etdi yoxud navbatda Germaniya jamoasi turibdi!

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!