Lautaro Martines: "Biz skudetto uchun kurashishni maqsad qilishimiz kerak"

  • 15 dekabr, 04:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines jamoa 2025/26 yilgi mavsumda skudetto uchun kurashni oldiga asosiy maqsad qilib qo‘yishi kerakligini ta’kidladi.

Tecno

Italiya A Seriyasining 15-turi doirasida milanliklar safarda "Jenoa"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va ayni paytda 33 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Ushbu bahsda argentinalik futbolchi gol urdi va golli uzatma ham amalga oshirdi.

— Bu juda katta ahamiyatga ega. Biz qaytadan yuqori pog‘onaga qaytdik, chunki qattiq mehnat qildik, o‘zimizdan kechdik. Biz haqimizda nima deyishlaridan qat’i nazar, faqat o‘zimizga e’tibor qaratyapmiz, mehnat qilayapmiz, o‘sishda davom etyapmiz va muxlislarimizni quvontirishga umid qilamiz.

Bir necha yildan beri hamma "Inter" haqida gapiryapti, chunki biz yaxshi o‘ynayapmiz. Tanqid ham, maqtov ham — bu oddiy hol.

Biz o‘z kuchli tomonlarini yaxshi bilgan jamoamiz va har doim "Inter"ni eng yuqori pog‘onada ushlab turishga intilamiz. Bu so‘zlar takrorga o‘xshashi mumkin, ammo biz buni amalda ko‘rsatyapmiz. Kiyinish xonasidagi xabar aniq: biz bunga erishmoqchimiz.

Bu avvalo o‘zimizga yo‘llangan xabar. Men doim aytganimdek, aynan biz mehnat qilamiz va "Inter"ni o‘z o‘rniga qaytarishga harakat qilamiz. Shu tarzda men jamoaga murojaat qilaman, — dedi Martines DAZN’ga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!