Laporta: "Barcha musobaqalarda chempionlik uchun kurashamiz"

  • 16 avgust, 17:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti lavozimini egallab turgan Joan Laporta jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Biz o‘yinchilarimizdan juda mamnunmiz va Flik bajarayotgan ajoyib ish uchun undan minnatdormiz. Barcha musobaqalarda g‘oliblikka da’vogar ekanligimizga ishonamiz, - dedi Laporta.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "Barselona" Ispaniya chempionatini, mamlakat kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan edi. Biroq klub Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olmadi. Bundan tashqari, "ko‘k-anorranglilar" so‘nggi o‘n yil davomida Evropaning eng nufuzli sovrinini qo‘lga kirita olmayapti.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!