La Ligadan chiqib ketgan klub nomi ma’lum bo‘ldi

  • 25 aprel, 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning “top-5” ligalari qatoriga kiruvchi Ispaniya chempionatining yuqori divizionini tark etadigan birinchi jamoa “Valyadolid” bo‘ldi.

Tecno

La Liganing 33-turida “Valyadolid” futbolchilari Sevilya shahrida “Betis” jamoasi mehmoni bo‘lib yirik – 1:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bu natijadan keyin valdolidliklar ligada qolish imkoniyatidan ayrildi.

Ayni paytda 33 ta uchrashuvda atigi 16 ochko jamg‘arib, 20-o‘rinda turgan “Valyadolid” chempionat yakunlanishiga besh tur qolganida ligada qolish imkonini beruvchi 17-o‘rindan 18 ochkoga orqada qolib ketdi.

Achinarli tomoni shundaki, bu jamoa futbolchilari chempionatning oxirgi 14 ta bellashuvida atigi bir ochko jamg‘argan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!