
La Liga. Vinisius qizil olgan bahsda "Real"dan super kambek (Videosharh)
La Liga doirasida qoldirilgan 12-turdan o‘rin olgan "Valensiya" - "Real" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "qaymoqranglilar" 2:1 hisobida zafar quchdi.
Ugo Duroning 27-daqiqada kiritgan gollariga, 85-daqiqada Luka Modrich, 90+6-daqiqada esa Jud Bellingem javob qaytardi. Shuningdek, Vinisius 79-daqiqada qizil kartochka olib, maydondan chetlashtirildi.
Quyida ushbu bahs videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar