La Liga prezidenti Ispaniya chempionatini eng kuchli liga deb e’tirof etdi

  • 23 aprel, 17:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniya chempionatining prezidenti Xaver Tebas "AS" nashriga intervyu berib, APL va Seriya A misollarini keltirdi.

"APLda pullar behuda sarflanadi, biz sportga sarmoya kiritish nuqtai nazaridan eng samarali ligamiz. Italiya o‘z chempionatiga ko‘p sarmoya kiritmoqda, ammo uning futbolchilari transfer bozorida unchalik qadrli emas. Biz iqtisodiy samaradorlik va liga yaxlitligini ta’minlashga intilishimiz kerak. Bizning klublar chempionatni rivojlantirishga eng ko‘p sarmoya kiritmoqda. Hozirgi samaradorlik shakli eng dolzarb bo‘lgan shakldir" — deb aytdi Tebas.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda eng qimmat klub "Manchester Siti" bo‘lib, 1.31 milliard evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!