
La Liga. "Barselona" derbida qiyin g‘alabaga erishdi
Ispaniya La ligasining 19-turidan o‘rin olgan "Jirona" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur uchrashuvda mehmonlar minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Bellashuvdagi yagona golni Pedri o‘z hisobida yozdirib qo‘ydi. 61-daqiqada Albaning uzatmasidan keyin yarim himoyachi deyarli bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin kataloniyaliklar ochkolar sonini 47taga etkazib, peshqadamlikni mustahkamlab oldi.
Fikrlar