
Kurtua: "Real" bu o‘yinda yaqqol hukmronlik qildi"
"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua "Manchester Siti"ga qarshi irodali g‘alabadan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Tan olish kerak, bu bellashuvda "Real" hukmronlik qildi. Biz ishonch hosil qildik va "shaharliklar"dan kuchliroq ekanligimizni his qildik.
Biz ikki gol o‘tkazdik, bu bo‘yicha biroz omadimiz kelmadi. Jamoa hisobni tenglashtirishga va uchinchi golni urishga ishonardi. Biz buni oldindan taxmin qilgandek, his qilgandik.
"Manchester Siti" to‘pni yaxshi ushlab turadi, biz qo‘rqmasdan bosim o‘tkazishimiz kerak, bu tizimli tarzda amalga oshirilishi lozim. Biz kelgusi hafta ham g‘alaba qozonish uchun shunday davom ettirishimiz kerak" - dedi belgiyalik posbon.
Ma’lumot o‘rnida, "Real Madrid" va "Manchester Siti" klublari ishtirokidagi javob to‘qnashuvi 19 fevral kuni Madridda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar