
Kurtua qaytdi! Belgiya terma jamoasining mart oyidagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar bilan tanishing
Belgiya terma jamoasining mart oyidagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
E’tiborli jihati shundaki, ro‘yxatga "Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua ham kiritilgan. Kurtua so‘nggi marta 2023 yil iyun oyida Belgiya terma jamoasi safida maydonga tushgan edi. Shundan keyin, u Domeniko Tedesko bilan munosabatlaridagi kelishmovchiliklar tufayli terma jamoaga chaqirilmagan. Yanvar oyida mazkur mutaxassis Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiylik lavozimini tark etdi. Hozirda jamoani Rudi Garsiya boshqarmoqda.
Belgiya terma jamoasini Millatlar ligasi pley-off bosqichida Ukrainaga qarshi ikkita o‘yin kutmoqda - safarda (20 mart) va o‘z maydonida (23 mart).
Fikrlar