Kurtua Belgiya terma jamoasiga qachon qaytishini aytdi

  • 13 noyabr, 2024, 19:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua va bosh murabbiy Domeniko Tedesko o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi emas. Shu sababli ham “Real” posboni deyarli bir yarim yildan beri terma jamoada o‘ynamayapti.

HLN nashrining xabar berishicha, Belgiya futbol assotsiatsiyasi bosh direktori Piter Villems Madridda Kurtua bilan uni terma jamoaga qaytishga ko‘ndirish uchun yana bir bor uchrashgan. Tibo esa Tadesko terma jamoadan ketmaguncha Belgiyada o‘ynash niyati yo‘qligini aytgan.

32 yoshli Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasi sharafini 2011-2023 yillarda himoya qilgan. U ushbu davr mobaynida 102 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 79 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!