Kunde Yamal va Dembele "Oltin to‘p"ga da’vogarligi haqida gapirdi
"Barselona" hamda Frantsiya terma jamoasi futbolchisi Jyul Kunde Usmon Dembele ham, Lamin Yamal ham "Oltin to‘p"ga loyiq deb hisoblamoqda.
"Men buni avval ham aytganman va yana bir bor takrorlayman. Ikkalasi ham bunga loyiq. Ular ajoyib mavsum o‘tkazishdi, buning ustiga sovrinlar bilan. Ikkalasini ham jamoadoshi sifatida tanlash oson emas.
Men ovoz beradiganlardan emasman, ikkalasini ham yoqlaydigan argumentlar bor. Men Lamin bilan o‘ynashdan, uning bizga qanday yordam berayotganini ko‘rishdan baxtiyorman. Usmon, aytish mumkinki, cho‘qqiga chiqdi va statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zining eng yaxshi futbolini ko‘rsatmoqda. Eng kuchlisi g‘alaba qozonsin", - dedi "Barselona" va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi.
"Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 22 sentyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar