Kulgili! "Manchester Yunayted" Maguayrga narx belgiladi

  • 10 iyul, 2023, 17:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" himoyachi Xarri Maguayrga narx belgiladi. 

"Manchester Evening News" xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" himoyachining boshlang‘ich narxini 50 million funt, deb hisoblamoqda. Maguayr uchun hozircha bu qadar ko‘p pul to‘lashga tayyor klub yo‘q. 

Qayd etilishicha, mankunialiklar Xarri uchun xaridor qidirmayapti. Uning ketishi klubda himoyachi sotib olish zaruratini paydo qiladi. Biroq uni yaxshi summaga sota olgan taqdirda, klubda yangi va Maguayrdan yaxshiroq himoyachi sotib olish imkoni vujudga keladi. 

Erik ten Xag uchun angliyalik himoyachi o‘z pozitsiyasidagi beshinchi tanlov hisoblanadi. U Rafael Varan, Lisandro Martines, Viktor Lindelyof hamda Lyuk Shoularni Xarridan ustun, deb biladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!