
Kuch birlikda!
Qozog‘istonning Almati shahrida taekvondo WT bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir o‘zbekistonlik sportchilar g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu musobaqada dunyoning o‘nga yaqin mamlakatidan kelgan yuz nafardan ortiq sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Xalqaro turnirda mamlakatimiz sharafini “Tornado” klubining Ahror Asrorov murabbiyligidagi “Muhammadziyo” jamoasi va Abdurahmon Xo‘jabekov ustozligidagi “Grand Master” klubi vakillari himoya qildi.
Musobaqada turli yosh toifalarida bellashuvlar tashkil etilgan bo‘lsa-da, g‘oliblar umumjamoa hisobida aniqlandi. Unga ko‘ra, “Muhammadziyo” va “Grand Master” taekvondochilari o‘z salohiyatlarini namoyish etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdilar.
Xalqaro turnirda “Muhammadziyo” jamoasi nomidan Ahror Asrorov va Iroda O‘sarovaning quyidagi shogirdlari dayangga chiqdi.
KIChIK BOLALAR VA QIZLAR:
Xalilxo‘jaeva Zarnigor
Xalilxo‘jaev Imron
Qayumxo‘jaev Doniyor
Qayumxo‘jaeva Shirin
KADETLAR:
Abduvasidov Abduaziz
Yo‘ldoshev Bobur
Nizomov Odiljon
Rahimov Qudratjon
Mirmuhammedov Mirziyod
Rasulov Abdurahmon
Rizaev Mustafo
Kamalova Risolat
Ravshanbaeva Charos
YuNIORLAR:
Solihov Ahmadjon
Mirzakarimov Ulug‘bek
Ravshanboev Bunyod
A’zamova Nurzoda
Xudoyqulova Marjona
“Grand Master” jamoasi nomidan Abruhamon Xo‘jabekovning shogirdlari g‘alabaga hissa qo‘shdi.
KIChIK BOLALAR:
Muhiddinov Humoyun
G‘ofurov Tohir
YuNIORLAR:
Rustamov Kozim
Irisboev Javohir
O‘tkurova Omina
Omelchenko Miroslava
Musobaqada yuqori texnikasi bilan ajralib turgan sportchilar Solihov Ahmad, A’zamova Nurzoda, Rasulov Abdurahmon, Rustamov Kozim, Omelchenko Miroslavaning mahorati alohida e’tirof etildi.
- Ushbu xalqaro turnirga puxta tayyorgarlik ko‘rganimiz o‘z samarasini berdi. Bellashuvlarda mezbonlardan tashqari, tojikistonlik va qirg‘izistonlik taekvondochilar jiddiy raqobat ko‘rsatdi.
Eng muhimi, shogirdlarimiz xalqaro miqyosdagi turnirlarda qatnashish bo‘yicha tajriba orttirdi va o‘z tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazib oldi. Oldinda hali mahalliy va xalqaro musobaqalar ko‘p. Ularda ham yaxshi natijalar uchun kurashamiz. Asosiy maqsadimiz esa navqiron avlodni sog‘lom va har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga etishlariga yordam berish, - dedi “Muhammadziyo” jamoasi bosh murabbiyi Ahror Asrorov.
O‘zbekiston taekvondochilari 11 oktyabr kuni Toshkentga qaytib keldi.
Fikrlar