Konor Makgregor Trampdan 100 dona "oltin viza" so‘radi

  • 13 oktabr, 15:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, AQSh prezidenti Donald Tramp 2025 yil 4 iyul o‘lka ozodlik kunida so‘zlagan nutqida 2026 yil 4 iyul sharafiga mazkur yilning 14 iyun sanasida. Mazkur kun Trampning ham tug‘ilgan kuni, "Oq uy"da UFC eventi bo‘lishini aytib o‘tdi. Daqiqalar o‘tar-o‘tmac dunyoning barcha UFC jangchilari ushbu eventda jang qilish istagini bildirishdi. Ularning orasida UFC mega yulduzi Konor Makgregor va nafaqadagi Jon Jonslar ham bor edi. Nafaqadagi arslon bir martalik qaytish qilmoqchi bo‘lgandi. Tresh tolklar qiroli haqiqatdan-da qaytishni rejalashtirib yubordi. Mashg‘ulotlar zalida tez-tez ko‘zga tashlanib turgan irlandiyalik jangchi prezidentlik xomxayollaridan voz kechdi. Navbat UFCda shou yaratishga keldi.

Tecno

Haqiqatdan bu safar Konor bizlarni nima qilib ajablantira olarkin degan paytimiz u har safar buning bir ilojini topyapti. Bu gal u tom ma’noda aqldan ozdi. Akaxon ushbu kechada jang qilish uchun xizmat narxini e’lon qildi — 100 mln dollar.

Krishtianu Ronalduning "An-Nasr"da yiliga 250 mln dollar olishini bilgan sport ixlosmandlari hayratlanmadi, tabiiy. Lekin UFC organizatsiyasi 2024 yilda barcha jangchilarga umumhisobda 203 mln dollar to‘lagan. Konor esa erkalab yubordi. UFC bir jangchiga eng ko‘pi saudiyalik sarmoyadorlarning investitsiyasi bilan Konor va Jon Jonsga 30 million dollardan bergan. 30 milliondan birdaniga 100 millionga sakrash uchun nimaning yuragini edi Makgregor, bilmayman.

Hali bu holva. Bular-ku, Dana Uaytga qaratilgan. "Nayzaning o‘tkir uchi" sehrli diyor prezidenti Donald Trampga yo‘naldi — 100 dona oltin viza. Oltin viza atamasiga aniqlik kiritib o‘tay. Bir dona oltin viza taqriban 5 mln dollar qiymatiga ega. Bu viza sizning Amerika fuqorosi bo‘lishingizga yo‘l ochadi. Tasavvur qiling, 100 nafar inson uchun oltin viza — 500 mln dollar. Boyagi 100 mln dollarni qo‘shsak, 600 mln dollar bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!