
Klopp “Real” yulduzini o‘ynatadigan bo‘lyapti
Yaqinda “Real” braziliyalik hujumchi Rodrigo Goesni transferga qo‘yishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgandi.
Klub rahbariyatiga futbolchining samaradorligi pasayib ketgani yoqmayapti. Rodrigoning o‘zi maydonda qanotda emas, hujum markazida o‘ynayotgani qiyinchilik tug‘dirayotganini tan oldi.
Biroq Rodriga ishsiz qolib ketmaydi. “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp iste’dodli futbolchiga jamoasidan joy berishga tayyor.
Todofichajes nashrining yozishicha, “Qirolli klubi” prezidentii Florentino Peres Rodrigo bo‘yicha takliflarni qabul qilishga ochiq. Bu transfer uchun 80 million evro va bonuslar talab qilinishi aytilmoqda.
Rodrigo Madrid klubida 2019 yildan beri to‘p tepyapti. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.
Fikrlar