
“Kicker”: Levandovskini endi Germaniyada eng zo‘ri emas
Germaniyaning etakchi jurnali “Kicker” uzoq yillardan beri Bundesliganing “eng yaxshi futbolchisi”ni aniqlab keladi. 2020 va 2021 yillarda Robert Levandovski ovoz berish natijasiga ko‘ra, katta farq bilan g‘olibi bo‘lgan edi. Bu safar polshalik hujumchi 128 ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Germaniyaning 2021/22 yildagi “eng yaxshi futbolchisi” esa “RB Leyptsig” a’zosi Kristofer Nkunku bo‘ldi. Frantsiya terma jamoasi hujumchisi 134 ta ovoz to‘pladi.
Kristofer Nkunku 2019 yilning yozidan buyon “RB Leyptsig” sharafini himoya qilib keladi. O‘shandan beri u “buqalar” safida 136 ta o‘yin o‘tkazib, 45 ta gol va 47 ta golli uzatmani amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali 24 yoshli Nkunkuni 80 million evroga baholamoqda.
Oldinroq, unga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq futbolchi Bundesligada qolishga qaror qildi.
Fikrlar