
Kelganimdan keyin jamoa yanada rasvo o‘ynay boshladi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim o‘zi kelganidan keyin ham jamoa past ko‘rsatkichlar qayd etayotganiga munosabat bildirdi.
- Men o‘yinchilarni javobgarlikdan ozod qilmayman. Hech bo‘lmaganda o‘nta uchrashuvdan faqat ettitasida yutqazadigan “Manchester Yunayted”ni ko‘rishimiz ham qiyin bo‘lib qoldi.
Tarkibdagi futbolchilar o‘sha-o‘sha, lekin ular yangi murabbiy qo‘l ostida yanada yomon o‘ynayapti. Aynan mana shu jihat hamma narsadan ko‘ra ko‘proq xavotirga solmoqda.
Biz to‘pga egalik qilayotgan pallada kuchli darajada asabiylashyapmiz. To‘g‘risini aytaman, biz juda yomon o‘ynayapmiz, natijalarimiz rasvo. Murabbiy bo‘lganim uchun eng katta aybdor o‘zimman, - dedi Ruben Amorim.
Fikrlar